menu
“Kalmar o‘yini” yulduzi O Yon Su tegajog‘lik uchun 8 oyga qamaldi 
Janubiy Koreya sudi tomonidan aktyor jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan

“Kalmar o‘yini” filmidagi roli bilan tanilgan aktyor O Yon Su Janubiy Koreya sudi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topilib, unga shartli ravishda 8 oylik qamoq jazosi berildi. Bu haqda “Pravila jizni” xabar bermoqda.

Shuningdek, O Yon Suga jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha 40 soatlik dasturni ham o‘tash sharti qo‘yildi. Aktyor sud qarorini appelyatsiyaga berishini aytdi.

79 yoshli aktyorga 2022-yil kuzda shahvoniy bezorilik aybi qo‘yilgan edi. Jabrlangan ayolning so‘zlariga ko‘ra, O Yon Su ayolning ixtiyoriga qarshi ravishda uni quchoqlab, yuzidan o‘pgan. Voqea 2017-yilning avgust-sentyabr oylarida bo‘lib o‘tgan. Bu vaqtda aktyor ikki oylik safarda edi.

Aktyor aybni tan olmadi: u faqat yo‘l ko‘rsatish uchun ayolning qo‘lini ushlaganini da’vo qildi.

2024-yil fevral oyida Janubiy Koreyaning Suvon shahri prokuraturasi suddan O Yon Suni jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha bir yillik qamoq jazosiga hukm qilishni so‘ragan edi.

Aktyor O Yon Su “Kalmar o‘yini” filmida tanilishidan avval teatr sohasida faoliyat olib borar edi. U “Kalmar o‘yini” filmidagi roli uchun “Oltin globus” ga sazovor bo‘lgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!