menu
Jo Bayden Vladimir Putinni “bandit” deb atadi
22-fevral kuni AQSH prezidenti San-Fransiskodagi saylovoldi tashviqotining yopiq tadbirida ham Putinni haqorat qilgandi

AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qaroqchi deb atab, unga qarshilik ko‘rsatish kerakligini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Bayden so‘zlagan nutqida mamlakat Kongressi aʼzolarining mutlaq ko‘pchiligi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishga tayyor ekaniga ishonch bildirdi.

Bungacha Oq uyning strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH prezidentining rossiyalik hamkasbiga nisbatan haqoratomuz so‘zlari AQSH xavfsizligi uchun tahdidga sabab bo‘lganini aytgandi.

22-fevral kuni Bayden San-Fransiskodagi saylovoldi tashviqotining yopiq tadbirida nutq so‘zlab, Putinni haqoratlagan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!