qarashlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holatga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 15 fevral kuni Do‘stlik tumanidagi mahallalarning birida joylashgan “N.Sh.” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi nazoratsiz qolishi oqibatida chiqib ketib, vafot etgan.
Holat yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Xorazmdagi xususiy bog‘chada bolalarga qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olingani to‘g‘risida xabar qilingandi. Shuningdek, Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Chust tumanida bog‘cha bolalarini kaltaklagani tasvirlangan videodagi tarbiyachi yuzasidan ma’lumot berilgandi.
Comments
0 comment