menu
Jizzaxda beton to‘siqqa urilgan yuk mashinasi yonib ketdi
YTH haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab kelib chiqqan

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Jizzax viloyatida yuk avtomobili bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 16-mart kuni soat 10:30 lar atrofida Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 983-kilometrida yuk avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni qarama-qarshi oqimini ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv natijasida yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Avvalroq Andijon viloyati Shahrixon tumanida Cobalt mashinasi yonib ketgani, Andijonda yo‘l chetida turgan Nexia’da yong‘in chiqqani, Qamchiq dovonida lak-bo‘yoq ortilgan yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida bir necha kishi jabrlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qashqadaryoda Damas bilan to‘qnashgan Captiva yonib ketgandi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!