qarashlar
Asosan fantastika janrida ijod qiluvchi kanadalik rejissyor Jeyms Kemeron “Avatar” filmining keyingi qismlarini tezroq suratga olishni rejalashtirmoqda. Rejissyor keksa aktyorlar suratga olish ishlari boshlanish vaqtiga qadar yashab qolmasligidan xavotirda. Bu haqda People talk xabar bermoqda.
Ayni paytda filmning uchinchi qismi ustida ishlar olib borilmoqda. Franshizaning to‘rtinchi va beshinchi qismi 2029 va 2031-yillarga mo‘ljallangan. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun barcha aktyorlarning yuz ko‘rinishi skanerdan o‘tkazilgan. Rejissyor so‘zlariga ko‘ra, biror aktyor syomka jarayonida vafot etsa, sun’iy intellektdan foydalangan holda qahramonlar roli davom ettiriladi. Bu esa film to‘xtab qolmasligini va o‘z vaqtida taqdim etilishini kafolatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Avatar” filmining ilk qismi premyerasi 2009-yilda, ikkinchi qismi esa 2022-yilda bo‘lib o‘tgan.
Comments
0 comment