menu
Jennifer Lopesning yoshlik siri: xonanda go‘zalligini saqlab qolish uchun qanday nonushta qiladi?
Xonanda faqatgina tabiiy yetishtirilgan, yangi uzilgan meva va sabzavotlarni iste’mol qiladi

Xonanda va aktrisa Jennifer Lopes 55 yoshda ham maftunkor ko‘rinishi bilan doimo muxlislarni lol qoldirib kelgan. Garchi bu ko‘rinish genetika yoki plastik jarrohlik natijasi bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lsa-da, aslida Lopes qat’iy parhez, intensiv mashg‘ulotlar va tartibli uyqu jadvalini go‘zallik sirlari deb ataydi.

Ayniqsa, ertalab iste’mol qilinadigan taom xonanda uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Lopesning shaxsiy oshpazi Kelvin Fernandesning so‘zlariga qaraganda, u faqat muayyan mahsulotlardan tayyorlangan yeguliklarni iste’mol qiladi.

Amerikalik trener Treysi Anderson Gollivudning bir nechta mashhur yulduzlari, jumladan Jey Lo bilan ham ishlaydi. Jurnalistlarga bergan intervyusida trener Lopesning kundalik ratsioni haqida qisqacha so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Jey Lo nonushta uchun faqatgina tabiiy yetishtirilgan va yangi uzilgan meva va sabzavotlarni iste’mol qiladi.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, Jennifer iste’mol qiladigan barcha taomlar organik sabzavotlardan tayyorlanishi, parhez balansiga qat’iyat e’tibor berilgan tarzda tuzilishi hamda ko‘plab foydali xususiyatlarga ega bo‘lishi shart.

Trener qo‘shimcha qilishicha, Jennifer nonushtaga avokado, qaynatilgan tuxum, granola va rezavorli tostlarni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Avokado foydali yog‘lar va o‘simlik tolalariga boy mahsulot hisoblanadi. Unda ko‘plab vitamin va minerallar, jumladan magniy, B6, C, E vitaminlari va foliy kislotasi mavjud.

Lopes shirinliklar va qayta ishlangan mahsulotlardan voz kechishdan tashqari, kuniga kamida yetti stakan suv ichadi. Suv organizmni ichkaridan namlantirishga yordam beradi, ya’ni u tashqi tomondan ham namlikni saqlaydi hamda to‘qlik hissini nazorat qiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!