qarashlar
Namangan viloyatida “Jasorat maktabi” harbiy yig‘inlari loyihasining joriy yildagi birinchi mavsumi boshlandi.
Loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lgan yoshlar ro‘yxatga olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Mavsumning ochilish marosimida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik M. Daminov hamda viloyat hokimi o‘rinbosari G‘. Murodxo‘jayev so‘z olib, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar xususida alohida to‘xtaldi.
[gallery-16079]
Tadbirda “Jasorat maktabi”ning 100 nafar ishtirokchisi, mutasaddi tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining avtotransport vositalari, sport texnikalari hamda aviamodellarining ko‘rgazmalari namoyish etildi.
Yakunda Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy orkestr jamoasi hamda maxsus qo‘shinlarning ko‘rgazmali va jangovar chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA
Comments
0 comment