qarashlar
17-fevral kuni Isroil tomonidan G‘azo markazida joylashgan Dayr al-Baloh hududidagi aholi punktlariga uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida 30 nafar falastinlik halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan. Bu haqda CNN xabar berdi.
CNN nashri G‘azo markaziga uyushtirilgan hujumlar bo‘yicha izoh olish uchun Isroil mudofaa kuchlari bilan bog‘lanishga uringan. Ammo hozircha Isroil rasmiylari hujum sabablari va oqibatlari haqidagi savollarga javob bermagan.
HAMAS nazorati ostidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, 7-oktyabrdan beri G‘azoda halok bo‘lganlar soni jami bo‘lib 28 858 kishiga yetgan. 68 291 kishi yaralangan. Isroil rasmiylari 7-oktyabrdan beri HAMAS guruhining 10 mingga yaqin jangchisi o‘ldirilganini maʼlum qildi.
Xabarda xalqaro nashrlarning G‘azo haqida taqdim etayotgan maʼlumotlari mutlaq to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkinligi aytilgan. Chunki hududga kirish cheklangan. Maʼlumotlarni tekshirishning imkoni yo‘q.
Comments
0 comment