menu
 Isroil harbiylari 30 ming kishi boshpana saqlayotgan Al-Shifo kasalxonasini to‘liq o‘rab oldi — CNN
Hudud blokada qilinishi bilan bir paytda, kasalxona ichida yong‘in yuzaga kelgan

18-mart kuni Isroil harbiylari G‘azo shahrining Al-Shifo kasalxonasi yaqinida to‘plangan aholini evakuatsiya qilishni buyurdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, 18-mart tongida 30 000 ga yaqin kishi boshpana topgan kasalxona Isroil mudofaa kuchlari tomonidan o‘rab olingan. Kasalxona hududiga tashqaridan kirish to‘xtatib qo‘yilgan.

Isroil mudofaa kuchlari Tel-Avivdan kasalxonada yig‘ilganlarni tezkor evakuatsiya qilish to‘g‘risida buyruq olganini maʼlum qilgan. Aholi G‘azo anklavining janubiy qismiga ko‘chirilishi borasida maʼlum qilingan.

Xabarda aytilishicha, hudud blokada qilinishi bilan bir paytda, kasalxona ichida yong‘in yuzaga kelgan. Hudud snayper va harbiy samolyotlar nishoniga aylanib qolgan. Kasalxonani tark etishga uringan har qanday odam o‘lim bilan tahdid qilinmoqda.

Isroil kuchlari kasalxona aholisi G‘azo janubidagi “Al-Mavasi” gumanitar zonasiga ko‘chirilishi to‘g‘risida maʼlumot bergan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!