menu
Isroil Eronni urushga tortmoqchimi?
Yaqin Sharqda kechayotgan qonli urush harakatlari boshqa hududlarga ham yoyilishni boshladi. Kecha, 1-aprel kuni Isroil Suriya poytaxti Damashq shahridagi Eron elchixonasi va konsulligiga raketa zarbasini yo‘lladi. “Daryo” ushbu mavzuda siyosatshunos Farhod Karimov bilan suhbatlashdi

Yaqin Sharqda kechayotgan qonli urush harakatlari boshqa hududlarga ham yoyilishni boshladi. Kecha, 1-aprel kuni tunda Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya poytaxti Damashq shahrida joylashgan Eron elchixonasi va konsulligiga raketa zarbasini amalga oshirdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, hujum natijasida 7 ta eronlik harbiy, 3 nafar Suriya fuqarosi va 1 nafar livanlik halok bo‘lgan. Reuters agentligining yozishicha, Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi generali Muhammad Zohidiy Isroilning Eron konsulligiga uyushtirgan hujumi natijasida halok bo‘lgan. Xo‘sh, nega Isroil xalqaro huquq normalarini buzgan holda Suriya hududidagi Eron elchixonasini bombardimon qildi? Hujumdan ko‘zlangan maqsad Eronni urushga tortishmi? "Daryo" ushbu savollar bilan Farhod Karimovga yuzlandi. 

Siyosatshunos Farhod Karimovning taʼkidlashicha, hujumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi generali Muhammad Zohidiyni yo‘q qilish bo‘lgan.

Isroil tomonidan Suriyadagi Eron konsulligiga qilingan hujum ortidan Eronning BMTdagi elchisi Xavfsizlik Kengashidan “bu jinoiy harakatni imkon qadar keskin qoralashni va xalqaro huquq normalari va tamoyillarini ochiqdan-ochiq buzayotganini ko‘rib chiqish uchun zudlik bilan yig‘ilish o‘tkazishni so‘radi”. Shuningdek, maktubda “Eron ushbu terrorchilik hujumiga qatʼiy javob berish uchun qonuniy va ajralmas huquqni o‘zida saqlab qolishi” qayd etilgan.

Hozircha Isroil hukumati Eron elchixonasiga amalga oshirilgan hujum borasida rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!