qarashlar
Ispaniya va Italiya mudofaa vazirlari NATO qo‘shinlarining Ukrainaga yuborilishi yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda Voice of America xabar berdi.
Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Roblesning aytishicha, mamlakat Ukrainaga qo‘shin yubormaydi, chunki u Rossiya bilan konfliktni kuchaytirmoqchi emas.
Italiya mudofaa vaziri Guido Krosetto Ukraina tarafdorlari koalitsiyasini birlikka chaqirdi va Rim hech qachon mojaro hududiga qo‘shin yubormasligini ta’kidladi.
Italiya vaziriga ko‘ra, Rossiya “birligi”ga qarshi turish uchun Yevropa davlatlariga aniq, muvofiqlashtirilgan strategiya va, ehtimol, yangi koalitsiya tuzish kerak. Italiya 2024-yil oxirigacha qurol-yarog‘ yetkazib berishga va’da bergan.
Krosetto Kiyevga yana ham ko‘proq o‘q-dorilar kerakligini tan olib, bunday qarorlar Yevropa Ittifoqi va NATO darajasidagi uchrashuvlarda qabul qilinishi kerakligini aytgan.
Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani ham Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida Italiya qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini inkor etib, “maqsad urushni kengaytirish emas, balki tinchlikka erishish”, ekanini ta’kidlagan.
Comments
0 comment