qarashlar
Iroq hukumati 2026-yil oxirigacha Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish talabini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda G‘arb OAVlari xabar berdi.
Mamlakatdagi Eron tarafdorlari bo‘lgan siyosatchilar uzoq vaqtdan beri AQSH bilan xavfsizlik munosabatlarini uzishga chaqirib kelgan. Biroq Bag‘dod rasmiylarining fikricha, Suriyadagi so‘nggi voqealar vaziyatni butunlay o‘zgartirib yubordi va endi ular G‘arb harbiy yordamiga muhtoj. Vashington tomon bir qadam sifatida Iroq rahbariyati hatto mahalliy Eron tarafdorlaridan iborat guruhlar bilan Isroil tomon raketa va dronlarni uchirishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Mahalliy rasmiylar The Washington Post gazetasiga ma’lum qilishlaricha, Iroq hukumati xavfsizlik sohasida Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqidagi fikrini o‘zgartirgan. Ularga ko‘ra, “mintaqada sodir bo‘lgan so‘nggi voqealardan so‘ng” Bag‘dod AQSH qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha ilgari ilgari surilgan muddatlardan voz kechishni ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy ham, hukumatning quyi mansabdor shaxslari ham AQSHning Suriya bilan chegara yaqinida razvedka maʼlumotlarini joylashtirish kabi so‘rovlarini qondirishga tayyor.
Comments
0 comment