menu
Internetda to‘yiga Apple Vision Pro ko‘zoynagini taqib kelgan kuyovning suratlari muhokamalarga sabab bo‘ldi
To‘yning ertasiga kelin tezroq bunday inson bilan ajrashish kerakligi haqida yuzlab xabarlar oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSHning Yuta shtatidagi to‘ydan olingan suratlar tarqaldi. Ularda Jeykob Rayt ismli kuyov to‘yga yangi Apple Vision Pro ko‘zoynagini taqib kelgani tasvirlangan.

Ushbu noodatiy to‘y fotosessiyasi g‘oyasi kuyovga X ijtimoiy tarmoq sababli kelgan, deb yozadi Fox News. Jeykob aytichisha, Apple ko‘zoynaklari bilan suratlar Internetda trendga aylandi va to‘yni Apple Vision Pro bilan o‘tkazish fikri kuyovga qiziq tuyuldi.

Bundan tashqari, Jeykobda ko‘zoynak orqali birinchi shaxs tomonidan video olish imkoniyati bor edi.

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik foydalanuvchilar kelinga hamdardlik bildirgan va kuyovning bunday harakatini xudbinlik va go‘daklik deb atashgan. Foydalanuvchilar kelin rasmlariga qaraganda, kuyovning ishidan mamnun emas degan qarorga kelishgan. Fotosuratlar tarmoqqa joylashtirilgandan so‘ng, kelin hoziroq undan ajrashishi lozimligi mazmunida yuzlab xabarlar ola boshlagan.

Suratlarda Kembrining yuz ifodasi biroz xafa va norozidek tuyulgan. Aslida esa kelin shunchaki sovqotganidan ko‘rinishi shunday bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, tarmoqdagi boshqa suratlarda kelin-kuyov juda baxtli ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi:

Yosh oila bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan juda mamnun ekanligini va internetdagi turli sharhlar ularning kayfiyatini tushirmaganini aytishdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!