menu
“Inter Mayami” klubi Messining ahvoli haqida xabar qildi
Argentinalik futbolchi chempionat startigacha tayyor bo‘lish uchun bosqichma-bosqich yuklamalar olgan

Argentinalik futbol yulduzi, “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi jarohatidan forig‘ bo‘ldi va MLS chempionatining birinchi turida o‘ynashga tayyor.

Bu haqda “Inter Mayami” klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino aytib o‘tdi. Mutaxassisning fikricha, argentinalik futbolchi chempionat startigacha tayyor bo‘lish uchun bosqichma-bosqich yuklamalar olgan.

Eslatib o‘tamiz, MLS chempionatining birinchi turida Lionel Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” futbolchilari “Real Solt Leyk” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!