menu
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti tuzilmasida Strategik tahlil markazi tashkil etiladi
Markaz hukumat topshiriqlari ijrosini ekspert-huquqiy va axborot-tahliliy taʼminlash bilan shug‘ullanadi

Ichki ishlar vazirligi “Kriminologik faoliyatni ilmiy taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjat bilan Kriminologiya tadqiqot instituti to‘g‘risidagi nizom, Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish metodikasi, Jinoyatchilik omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash metodikasi tasdiqlanmoqda.

Shuningdek, ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi bo‘linmalarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan amaldagi pul taʼminoti doirasida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshqaruv apparati tuzilmasida 10 ta shtat birligidan iborat Strategik tahlil markazi tashkil etiladi.

Ushbu markaz zimmasiga O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha hukumat topshiriqlari ijrosini ekspert-huquqiy va axborot-tahliliy taʼminlash vazifalari yuklatiladi.

Ichki ishlar vazirligi:

Bundan oldin O‘zbekistonda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tashkil etilishi, O‘zbekiston sudlarida taftish instansiyasi joriy etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!