menu
Hokim yordamchisi Sirdaryo tumaniga hokim bo‘ldi
Boyovut tumanidagi mahallada hokim yordamchisi sifatida ishlab kelgan Musurmonqul Hotamov Sirdaryo tumani hokimi etib tayinlandi

Musurmonqul Hotamov 13-mart kuni Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Boyovut tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Musurmonqul Hotamov 1986-yili Xovos tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Boyovut tumani, Shirin shahri va Oqoltin tumanida soliq organlarida turli lavozimlarda ham ishlagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!