menu
Hindistonda tarovih namozi o‘qiyotgan O‘zbekiston, Bangladesh va Afg‘oniston talabalari hujumga uchradi (video)
Noma’lum shaxslar talabalar yotoqxonada namoz o‘qishiga qarshilik qilgan. Hujum oqibatida besh nafar talaba jarohatlangan

Hindistonning Ahmadobod shahrida Gujarat universiteti yotoqxonasida namoz o‘qigani uchun O‘zbekiston, Bangladesh va Afg‘oniston talabalari hujumga uchradi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib, The New Indian Express xabar berdi.

Hujum aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Ayrim talabalar jarohat olgan va hozirda kasalxonaga yotqizilgan. Talabalar Ahmadobod shaharchasida masjid yo‘qligi sababli Ramazon oyida tarovih namozini o‘qish uchun yotoqxona ichida yig‘ilgan.

Afg’onistonlik talaba noma’lum shaxslar yotoqxonada ularning namoz o‘qish huquqini shubha ostiga qo‘yganini, politsiya voqea joyiga yetib kelgan bo‘lsa-da, olomonni qochib ketishga imkon berganini aytgan. 

Talaba jarohatlangan besh kishi orasida Afg‘onistondan bir, Shri-Lankadan bir, Turkmanistondan bir va Afrika davlatlaridan ikki fuqaro borligini aytgan. Yotoqxona qo‘riqchisining aralashishga urinishlariga qaramay, noma’lum shaxslar hujumni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

“Biz bu yerda xavfsiz emasmiz. Gujarat universitetidan bizni xavfsiz joyga ko‘chirishni so‘raymiz”, — deydi afg‘on talabasi.

Xorijiy talabalarning 75 ga yaqini voqea sodir bo‘lgan universitetning A-blok yotoqxonasida istiqomat qiladi.

Politsiya xodimiga ko‘ra, ikki talaba — biri Shri-Lankadan, ikkinchisi Tojikistondan kasalxonaga yotqizilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, terov o‘tkazish uchun jinoiy bo‘lim va politsiya xodimlari ishtirokida to‘qqizta guruh tuzilgan. Gujarat ichki ishlar vaziri Xarsh Sangavi Gujarat huquq-tartibot idoralariga jinoyatchilarni zudlik bilan qo‘lga olish va chuqur tergov o‘tkazilishini ta’minlashni buyurgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!