menu
Hindistonda Rossiya armiyasi uchun odam sotayotganlar qo‘lga olindi
Hukumat hindistonliklarni Rossiya armiyasiga yuborishning 35 ta holatidan xabardor

Hindiston hukumati 13 ta obyektda o‘tkazilgan reydlar chog‘ida hindistonliklarni Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Rossiyaga jo‘natayotgan uyushgan tarmoq a’zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda Hindiston Markaziy tergov byurosi (CBI) ma’lumotiga tayanib, Hindustan Times  xabar berdi.

CBI’ga ko‘ra, odam savdosi qurboni bo‘lgan hindistonliklar “o‘z xohishlariga ko‘ra” harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazilgan va Rossiya-Ukraina urushi hududidagi harbiy bazalarga yuborilgan. Hindiston hukumati hindistonliklarni Rossiya armiyasiga yuborishning 35 ta holatidan xabardor.

Avvalroq, fevral oxirida Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadan 100 ga yaqin fuqarolarini Rossiya Qurolli kuchlari safidan “erta ishdan bo‘shatish”ni so‘ragan.

20-fevral kuni The Hindu rus armiyasida “yordamchi” sifatida ishlashni kutgan kamida uchta hindistonlik aldanib, frontga jo‘natilgani haqida xabar bergan. 7-mart kuni Hindistonning Moskvadagi elchixonasi o‘z fuqarosi Muhammad Asfanning vafot etganini tasdiqlagan. Uning akasi avvalroq “tuzoqqa tushib qolgani” va Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga jo‘natilganini aytgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!