menu
Hindiston mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan Oyga kosmonavt yubormoqchi
“Mustaqilligimizning 100 yilligini nishonlaganimizda, Oyda Hindiston bayrog‘i hilpiraydi. Bizning vakil u yerga borib, bayroqni o‘rnatib, eson-omon qaytadi”, dedi kosmik tadqiqotlar tashkiloti raisi

Hindiston 2040-yilgacha Oyga hind astronavtini qo‘ndirishga qaratilgan ulkan kosmik dasturni ishga tushirdi.

Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti raisi Shridxara Somanat ma’lum qildi.

"Mustaqilligimizning 100 yilligini nishonlaganimizda, Oyda Hindiston bayrog'i hilpiraydi. Bizning odamimiz u yerga borib, bayroqni o‘rnatib, eson-omon qaytadi. Bu 2040-yilda sodir bo'ladi", - dedi u.

"Koinot dasturi tarixida birinchi marta biz kelgusi 25 yilga mo'ljallangan aniq rejaga egamiz", deb qo'shimcha qildi  Shridxara Somanat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘l xaritasi doirasida Hindiston 10 yil ichida o‘zining kosmik stansiyasini yaratishni rejalashtirmoqda. Buning uchun 2028-yilda kosmik stansiya moduli ishga tushiriladi.

Avvalroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi respublikaning Koinot tadqiqotlari departamenti oldiga 2035-yilgacha Hindistonning birinchi boshqariladigan kosmik stansiyasini yaratish va 2040-yilgacha Oyga kosmonavtlarni qo‘ndirish vazifasini qo‘ygan edi.

Modi shuningdek, mutaxassislarni Veneraga orbital stansiya va Marsga qo‘nish modulini uchirish dasturlarini ishlab chiqishga chaqirgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!