menu
Hashar munosabati bilan xodimning ish haqidan ushlab qolish mumkinmi? Huquqshunos tushuntirish berdi
O‘zbekistonda 16—18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev hashar munosabati bilan xodimning ish haqidan ushlab qolinishi bo‘yicha tushuntirish berdi

Avvalroq, 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi

Huquqshunosga ko‘ra, odatda, hashar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik ish haqi ushlab qolinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondiga o‘tkazib berilishiga odatlanib qolingan. 

Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. 

“Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida hashar nazarda tutilmagan!

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlari jamoasi nomidan bitta protokol qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashgan-u, hasharga 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish noqonuniy! Har bir xodim o‘zi shaxsan hashar uchun 1 kunlik ish haqini ushlab qolishga rozi ekanligi haqida imzo chekishi shart!”, — deya qo‘shimcha qilgan huquqshunos.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!