qarashlar
O‘zbekistonda 2024-yilning 7-dekabridan 8-dekabr kuniga o‘tar kechasi yog‘gan birinchi qor izg‘irin sovuqni boshlab kelish barobarida, mavjud metan zapravkalar faoliyatiga cheklov o‘rnatilishiga ham sabab bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, minglab haydovchilarning soatlab ko‘chada o‘tirishiga, yonilg‘isiz qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda. “Daryo” jurnalisti Toshkent shahridagi metan zapravkalarda navbat kutayotgan haydovchilarga mikrofon tutdi.
O‘zini Nodir deb tanishtirgan haydovchining aytishicha, uning tirikchiligi aynan shu metan gaz bilan bog‘liq bo‘lgani sababli zapravkaga kirish uchun ikki soat navbat kutgan.
Spark haydovchisining aytishicha, uning avtomobili faqat gazda yuradi.
Lacetti haydovchisi hali qish boshlanmasidan shunday muammoga duch kelish ularni o‘ylantirib qo‘yganini aytmoqda.
Yana bir suhbatdosh bu holat har yili takrorlanishini, bunga o‘rganish kerakligini ta’kidlamoqda.
Suhbatdosh, shuningdek, rahbarlar bu haqda bosh qotirayotgani va muammoning yechilishiga umid qilayotganini aytdi.
Yashnobod tumanidagi metan zapravkada ishlovchi ishchining aytishicha, ularga har kuni soat 09:00 dan 15:00 ga qadar faoliyat yuritishga ruxsat berilgan.
Gaz zapravkada turgan taksi haydovchilaridan birining aytishicha, uning avtomobili kreditga olingan bo‘lib, kun davomida ishlay olsa, belgilangan kredit to‘lovini amalga oshira oladi. Soatlab gaz gapravkada o‘tirish esa unga muammo tug‘diradi.
Comments
0 comment