menu
“Har bir o‘yinda hakamlar menga kartochka ko‘rsatmoqda”. Vinisius Junior o‘yin vaqti kameralar qarshisiga borib, o‘z noroziligini bildirdi 
“Real” futbolchisi so‘nggi 4 o‘yinda 4 ta sariq kartochka oldi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 29-turida “Real” “Osasuna” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda dubl muallifiga aylangan madridliklar futbolchisi Vinisius Junior mavsumdagi 5-sarid kartochkani oldi va avtomatik ravishda bitta o‘yinga chetlatildi.

44-daqiqada Vini ketma-ket 4-o‘yinida 4-sariq kartochkasini oldi.

Birinchi bo‘lim yakunlanganini bildiruvchi hakam hushtagidan so‘ng braziliyalik futbolchi kamera qarshisiga borib: “Har bir o‘yinda hakamlar menga kartochka ko‘rsatmoqda, har bir o‘yinda!”, — deya gapirgan.

Jamoadoshi Braim Dias esa Vinisiusni chetroqqa olib, qarshilik bildirish kerak emasligini tushuntirgan.

“Qaymoqranglilar” Ispaniya chempionatida ortda qolgan 29 turdan so‘ng 72 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!