menu
HAMAS AQSHning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qildi — OAV
HAMAS vakillari kelishuvni amalga oshirish uchun yaqin kunlarda Qohiraga borishi kutilmoqda. AQSH taklifi bo‘yicha ma’lumot berildi

HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Amerika taklifining o‘zgartirilgan versiyasini qabul qildi. Bu haqda Falastin guruhining yuqori martabali rasmiysiga tayanib, Al Arabiya xabar berdi.

HAMAS vakillari yaqin kunlarda Misr poytaxti Qohiraga borib, kelishuvning yakuniy tafsilotlari va uni amalga oshirilishini muhokama qilishi kutilmoqda. Oq uy HAMAS jangchilarini garovga olingan ayollar, qariyalar va yaradorlarni ozod qilishga hamda Isroil bilan janglarda vaqtinchalik sulhga rozi bo‘lishga chaqirgan. Mazkur sulh keyinchalik uzayishi mumkinligi kutilmoqda.

So‘nggi taklifga ko‘ra, Isroil falastinlik mahbuslarni HAMAS tomonidan garovga olinganlar soniga 10ga bir nisbatda ozod qiladi. Kelishuv G‘azodan ko‘chirilgan falastinliklarning bosqichma-bosqich qaytishini ham nazarda tutadi.

HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Muhammad Nazzal muzokaralar davom etayotgani, ammo “qotib qolganini” aytib, Isroil vaqtinchalik otashkesim taklif qilganini, buni HAMAS qabul qilmasligini aytdi.

Nazzalning aytishicha, HAMAS hech qanday shart va cheklovlarsiz G‘azoga gumanitar yordam olib kirish talabida qat’iy qoladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!