qarashlar
GROSS sug‘urta kompaniyasi brendlarning marketing samaradorligi reytingida eng yuqori 5 talikdan joy oldi.
GROSS 2024-yil uchun O‘zbekiston brendlarining marketing samaradorligi reytingida 5-o‘rinni va “Sug‘urta kompaniyalari” nominatsiyasida 1-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan o‘rganishlar kompaniyalarning kreativligi, innovatsiyalari va strategiyalarining muvaffaqiyatini baholaydi. Reyting taniqli mahalliy va xalqaro brendlarning 200 nafar rahbar va marketologlaridan iborat ekspert kengashi kuzatuvi ostida tuziladi. Bunday nufuzli professional hamjamiyat tomonidan GROSS marketing samaradorligining yuqori baholanishi kompaniyaning brendni strategik boshqarish sohasidagi yetakchiligini, shuningdek, uning o‘zgarishlarga moslashish va raqobatli sug‘urta bozorida o‘z xizmatlarini muvaffaqiyatli ilgari surish qobiliyatini tasdiqlaydi.
«Biz nafaqat yetakchi o‘rinlarni egallashga, balki innovatsiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini belgilashga intilamiz. GROSS O‘zbekistonda birinchi bo‘lib B2C tarzda sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha onlayn polislarni rasmiylashtirishni boshladi. Bizning mutaxassislarimiz sug‘urta hodisasi yuz berganda tezkor yordam berish yoki hatto shunchaki yoningizda bo‘lish va yuzaga keladigan savollarga javob berish uchun sug‘urta egalari bilan tunu kun va dam olish kunisiz barcha mumkin bo‘lgan aloqa kanallari orqali aloqada bo‘lishadi. Biz biznes-jarayonlarni avtomatlashtirmoqdamiz, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etmoqdamiz, bularning barchasi hatto bugungi kun emas, balki ertangi kun talablariga javob berish uchun amalga oshirilmoqda, — deb qayd etdi GROSS boshqaruvi raisi Otabek Nazarov. — Marketing samaradorligi kompaniyaning moliyaviy natijalari bilan tasdiqlanadi. Faqatgina yo‘nalishlardan biri bo‘lmish xalqaro yo‘nalishdan misol keltiraman. Bugungi kunda 79 mamlakatda qayta sug‘urtalash faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqdamiz. 2024-yilda qayta sug‘urtalash hajmi 392 foizga oshganligi GROSSʼga bo‘lgan ishonchning yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Xorijiy kompaniyalardan qabul qilingan qayta sug‘urtalash hajmining to‘rt baravarga o‘sishi jamoamiz erishgan yutuqlarning salmoqli ekanligini tasdiqlaydi. Jahonning yetakchi sug‘urta konsernlari va brokerlari bilan mustahkam sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qayta sug‘urta shartnomalari hajmlarini oshirish va global sug‘urta bozorida o‘z mavqeyini mustahkamlash rejalashtirilgan».
Marketing va reklamaga oid tashabbuslarimiz kompaniyaga taniqlilik borasida yetakchilikni taʼminlaydi. Buni De Facto marketing agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tasdiqlaydi.
“GROSS mijozlarning ehtiyojlariga diqqat-eʼtiborini qaratadi, sug‘urta mahsulotlarini yangi talablarga mos ravishda doimiy tarzda takomillashtirib boradi va marketingda zamonaviy yondashuvlarni joriy etadi. Masalan, biz sug‘urta xizmatlarini targ‘ib qilishdan ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirishga eʼtibor qaratdik. Quvonarlisi, bu professional hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi va bizning Xavfsiz harakat ijtimoiy loyihamiz bu yil to‘rtta «Jolbors” mukofotiga va ikkita TAF mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan va biz bilan birgalikda hayotni yanada qulay va xavfsiz qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Biz marketing sohasida yangilik yaratuvchi ekanimizdan va sug‘urta bozorida trendlarni belgilab berayotganimizdan faxrlanamiz», deydi GROSS boshqaruvi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov.
Sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston agentliklari reytingida yuqori o‘rinlarni egallab turgan yetakchi kreativ va marketing agentliklari hamda ishlab chiqarish studiyalari bilan hamkorlik qiladi. Ular orasida Synthesis»(reytingda 1-o‘rin), Vazari, Lunar kompaniyalari bor. Xavfsiz harakat ijtimoiy loyihasining “Ko‘chma belgilar” keysi qo‘shma loyihasi bu yil “Jolbors” va TAF xalqaro festivallarining nufuzli mukofotlari bilan taqdirlandi.
2024-yilda GROSS kompaniyasining xalqaro mukofotlari, reytinglari va sovrinlari
O‘zbekiston marketing uyushmasi — Markaziy Osiyodagi eng yirik marketologlar biznes hamjamiyati. Uyushmaning vazifalari O‘zbekistonda marketingni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan brendlar, agentliklar va ekspertlarni birlashtirish, kasbiy qiziqishlarni ifodalash, kasbga oid normalarni ishlab chiqish va takomillashtirish, marketologlar malakasini oshirish, marketing va reklama sohasida xalqaro hamkorlik qilishdan iborat.
Reklama huquqi asosida.
Comments
0 comment