menu
Gretsiya tarixidagi eng issiq qish kuzatildi
Haroratning isishi ekinlarga tahdid solib, yozda o‘rmon yong‘inlari xavfini kuchaytirishi mumkin

Gretsiya olimlari bu qishda mamlakat tarixidagi eng issiq harorat kuzatilganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haroratning isishi ekinlarga tahdid solib, yozda o‘rmon yong‘inlari xavfini kuchaytirishi mumkin. Dekabrdan fevralgacha o‘rtacha eng yuqori harorat 11,3 darajani tashkil etgan, bu 1960-2024-yillardagi o‘rtacha qishki maksimal haroratdan 1,8 daraja yuqori.

Shimoliy Gretsiyaning ayrim hududlarida havo harorati 7-8 darajaga ko‘tarilgan. Bu kuzatuv boshlangan 1936-yildan beri eng issiq qish hisoblanadi.

Tegishli maʼlumotlar Yevropadagi iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlardan biri bo‘lgan Gretsiyada xavotir uyg‘otmoqda, o‘tgan yozda o‘rmon yong‘inlari kamida 20 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Kuzda kuchli, rekord darajadagi yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘lib, uylar, yaylovlar va ekinlarni vayron qildi. Gretsiyada qishning issiq kelishi, kam yog‘ingarchilik va past namlik bilan birga yozda o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!