menu
Germaniyaga ishga ketuvchi o‘zbekistonliklar uchun til talablari yengillashtirilishi mumkin
Xususan, nemis tili o‘quv kurslari muddatini qisqartirish taklif etildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniyaning Mangold Consulting Gmbh kompaniyasi prezidenti Klaus Mangold hamda boshqaruvchi direktor, doktor Kristof Mangold bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda xorijda ishlovchilar uchun sharoitlar, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zbekistonliklarni Germaniyada talab yuqori bo‘lgan ishlarga jalb qilish masalalari muhokama qilingan.

Ayni paytda Germaniyadagi katta demografik jarayonlar bois boshqa davlatlardan mehnat kuchiga talab ortib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekistondan tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassislar Germaniyada ish faoliyatini olib bormoqda.

Shuningdek, uchrashuvda nafaqat tibbiyot yo‘nalishidagi balki metallni qayta ishlash korxonalaridagi mexatronika, logistika, yuk avtomobili haydovchiligi yo‘nalishlariga katta talab borligi aytib o‘tilgan. O‘z navbatida barcha kelishuvlarni tezroq hayotga tatbiq etish uchun huquqiy asoslarni ishlab chiqishga kelishib olingan.

Mart oyining boshlarida o‘zbekistonliklar 1,7 ming dollar maosh bilan Germaniyaga ishga taklif qilinayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bunda ulardan Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC’dan olingan nemis tili bo‘yicha kamida A2 sertifikati talab qilinadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!