14
qarashlar
qarashlar
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy hujjatlarda ham Putinni lavozimini ko‘rsatishdan bosh tortmoqda
Rossiyadagi saylovlardan so‘ng Germaniya tashqi ishlar vazirligi o‘z hujjatlari va bayonotlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni faqat familiyasini ko‘rsatadi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Germaniya Vazirlar mahkamasi vakili Kristian Hoffman “Rossiyadagi saylovlar” na erkin, na adolatli o‘tganini aytdi.
U Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham ovoz berish bo‘lganini keskin qoraladi. Germaniya hukumati Putinni “prezident yoki hukmdor” deb ataydimi, degan savolga Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Sebastyan Fisher so‘nggi paytlarda departament hech qanday rasmiy unvonsiz faqat Putin familiyasidan foydalanayotganini aytdi.
Comments
0 comment