menu
Germaniya hukumati G‘azoga havodan yordam yuborish operatsiyasiga qo‘shilganini maʼlum qildi
Hozirda G‘azo sektoriga havodan yordam yetkazish loyihasida Iordaniya, Fransiya, AQSH va qisman Qatar ishtirok etmoqda

Germaniya G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami olib kirish bo‘yicha dasturga qo‘shilganini eʼlon qildi. Endilikda Berlindagi hukumat ramziy “havo ko‘prigi” dan foydalanib, ocharchilik changalida qolgan Rafah hududiga oziq-ovqat jo‘natadi. Bu haqda Al Jazeera nashri batafsil xabar bergan.

Hozirda G‘azo sektoriga havodan yordam yetkazish loyihasida Iordaniya, Fransiya, AQSH va qisman Qatar ishtirok etmoqda. Deyarli har kuni G‘azo shahri va Rafah aholi zonasiga yordam yetkazilmoqda.

Germaniya Mudofaa vazirligi, shuningdek, yordam loyihasida ishtirok etish asnosida havo karvonlari xavfsizligini taʼminlash uchun G‘azo atrofida Germaniya-Fransiya qo‘shma havo transporti eskadronining nemis qismi joylashtirilishini maʼlum qilgan. Yordam yuklari nemis kontingenti tomonidan C-130J Hercules transport samolyotlarida amalga oshirilishi xabar qilingan.

“G‘azodagi insonlarga eng zarur vositalar yetishmayapti. Biz ularning oziq-ovqat va dori-darmonlarga ega bo‘lishini taʼminlash uchun o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz”, — deya munosabatini bildirgan Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!