menu
Germaniya Bundestagi Kiyevga Taurus raketalari yetkazib berish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani rad etdi
690 nafar parlament aʼzosidan 495 nafari rezolyutsiyada qarshi ovoz bergan. 190 nafari rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan, besh nafar deputat qarshi ovoz bergan

14-mart kuni Bundestag deputatlarining aksariyati Xristian Demokratik Ittifoqining Germaniyadan Ukrainaga Taurus raketalari yuborishni talab qilgan yangi rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 690 nafar parlament aʼzosidan 495 nafari rezolyutsiyada qarshi ovoz bergan. 190 nafari rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan, besh nafar deputat qarshi ovoz bergan.

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga Taurus raketalarini yuborish g‘oyasini bir necha bor rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu raketalardan samarali foydalanish uchun Germaniya harbiy xizmatchilari jarayonda bevosita ishtirok etishi kerak.

Parlament yig‘ilishida ko‘plab nemis parlament deputatlari kansler g‘oyasi atrofida uyushgan. Ushbu uyushuv esa kelgusida ham Ukrainaga qurol-yarog‘ jo‘natish kechikishiga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!