menu
“G‘arb yil davomida Rossiyadagi prezidentlik saylovlarini buzish uchun hamma vositalarni qo‘lladi” — Mariya Zaxarova
Xorijdan uyushtirilgan xurujlar saylov jarayonlariga ham, davlat tashkilotlari faoliyatiga ham taʼsir etmagan. Aksincha, bu voqealar davlat institutlari atrofida xalqning uyushuviga olib kelgan

G‘arb davlatlari Rossiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlariga xalaqit berish uchun yil davomida o‘zidagi barcha vosita va imkoniyatlardan foydalangan. Bu haqda Rossiya federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova “TASS” nashriga maʼlum qildi.

Zaxarovaga ko‘ra, G‘arb yil davomida dezinformatsion kampaniyalar va kiberhujumlar tashkil etishga uringan. Davlat tashkilotlarining rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoqlariga muntazam ravishda xakerlik hujumlari uyushtirilgan.

Rossiya rasmiysiga ko‘ra, xorijdan uyushtirilgan xurujlar saylov jarayonlariga ham, davlat tashkilotlari faoliyatiga ham taʼsir etmagan. Aksincha, bu voqealar davlat institutlari atrofida xalqning uyushuviga olib kelgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!