menu
“Formula-1” poygachisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Sportchi O‘zbekiston avtosport va karting federatsiyasi tomonidan faxriy mehmon sifatida chaqirilgan

“Ferrari” jamoasi a‘zosi Charlz Lekler O‘zbekiston avtosport va karting federatsiyasi (NAFKU) taklifiga binoan bugun Toshkentga keldi.

Mamlakatimizda FIA Bosh assambleyasining yozgi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda, tadbir Samarqandda bo'lib o'tadi va tadbir doirasida FIA o‘zining 120 yilligini nishonlaydi. Sportchi O‘zbekiston avtosport va karting federatsiyasi (NAFKU)ning faxriy mehmoni bo'lib, u dastxat berish marosimida ishtirok etdi va muxlislar bilan suhbatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, “Formula-1” jamoalarining mavsumoldi sinovlari 21-fevral kuni Bahrayndagi Saxir trassasida boshlanadi va uch kun davom etadi. Ushbu sinovlarda poygachilar yangi avtomobillarni to‘liq sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Aynan shu yerda 29-fevraldan 2-martgacha mavsumning birinchi bosqichi – Bahrayn Gran-prisi bo‘lib o‘tadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!