menu
“Finlyandiya agar ehtiyoj tug‘ilsa bir hafta ichida 280 ming askarni safarbar qila oladi” — prezident Aleksandra Stubba
10-dekabr kuni mamlakat prezidenti finlyandiyaliklar mudofaa xarajatlarini oshirishga tayyorlanishi kerakligini aytgandi

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, agar kerak bo‘lsa, hafta ichida 280 ming askarni safarbar qilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Independent nashri Aleksandr Stubb so‘zlariga tayanib yozdi.

Nashrning qayd etishicha, Finlyandiya mudofaa sohasiga sarmoyalarni ko‘paytirishni boshlagan. 2022-yildan beri mudofaa xarajatlari YIMga nisbatan 0,9 foizga oshdi.

Oldinroq Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Xakkanen rasmiylar mamlakatning yillar davomida davom etishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli ta’sirlar, harbiy bosim va ehtimoliy keng ko‘lamli urushlarga qarshi turish qobiliyatini kuchaytirishini aytgan edi. Unga ko‘ra, finlar NATO ittifoqchilari bilan birgalikda mudofaa choralarini tayyorlaydi.

10-dekabr kuni prezident Stubb finlyandiyaliklar mamlakat mudofaa xarajatlarini oshirishga tayyorlanishi kerakligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘z manfaatlarini ko‘zlab bu ishni amalga oshiradi.

Noyabr oyi oxirida Finlyandiya Rossiya bilan chegara yaqinida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshlagandi.

“Manyovrlarda 600 ta transport va jangovar harbiy texnika, NH90 transport vertolyoti va MD 500 yengil vertolyotidan foydalaniladi.

Harbiylar hujumga va mudofaaga tayyorgarlik ko‘rish, yaqinlashib kelayotgan dushmanni yo‘q qilish, shuningdek, tunda jang qilish va qish sharoitida jangovar harakatlar olib borishni mashq qiladi”, deya xabar bergandi “Report” nashri.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!