menu
“Faqat qaytimni o‘ylab, resurslarni doimiy mijoziga beryapti” — Shavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini tandiq qildi
Prezident tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan oddiy odamlar chetda qolib ketayotganini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoning Sayxunobod tumanidagi videoselektor yig‘ilishida banklar faoliyatini tandiq qildi.

Prezident eng avvalo, davlat ularga katta resurslar ajratayotgan bo‘lsa ham, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning o‘rni sezilmayotgani qayd etildi.

Qayd etilishicha, 2023-yilda mahalladagi tadbirkorlik uchun Sayxunobodga 120 milliard so‘m berilgan. Tuman tadbirkorlari o‘tgan yil soliqdan 85 milliard so‘mlik imtiyoz olgan. Lekin bu mablag‘lar ish o‘rinlariga aylanmayotgani, kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri sezilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Xususiy sektorda yaratilgan rasmiy ish o‘rni bor-yo‘g‘i 968 taga ko‘paygan.

Shavkat Mirziyoyev tumandagi shunday muammolarni sanab, ularning yechimlarini belgilab berdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!