menu
Eronning qurol eksporti 5 barobarga ko‘paydi — Eron Mudofaa vazirligi
“Innovatsiyalar va ishlab chiqarilayotgan qurol turlari tufayli bu miqdor kelajakda yanada oshadi”, — degan Eron Mudofaa vazirligi rasmiysi Muhammad Rizo Ashtiani

Eron harbiy sanoati so‘nggi 2 yilda harbiy texnika eksportini 4-5 barobarga oshirishga erishdi. Mamlakat endilikda Yaqin Sharqdagi yirik qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchiga aylangan. Bu haqda Eron rahbariyati va rasmiy idoralar tarqatgan maʼlumotlarga asoslanib, IRNA nashri xabar berdi.

13-mart kuni Eron Mudofaa vazirligi brigada generali Muhammad Rizo Ashtiani Tehrondagi vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga intervyu bergan. Unda mamlakat rasmiysi Eronning so‘nggi yillardagi harbiy salohiyatini yuqori baholab, mamlakat qurol eksporti 5 barobar oshganini taʼkidlagan.

“Innovatsiyalar va ishlab chiqarilayotgan qurol turlari tufayli bu miqdor kelajakda yanada oshadi”, — deya qo‘shimcha qilgan Ashtiani.

General Ashtiani ,shuningdek, Eronning boshqa davlatlar bilan harbiy va mudofaa aloqalariga to‘xtalgan. Rasmiyga ko‘ra, Tehron yaqin orada Armaniston va Qatar rasmiylari bilan bir qator muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazgan. Uchrashuvlar mazmuni jamoatchilikka ochiqlanmagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!