qarashlar
Eronda WhatsApp messenjeri va Google Play ilovalar do‘konidan foydalanishga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi. Bu haqda IRNA davlat axborot agentligi xabar berdi.
Qaror Axborot xavfsizligi bo‘yicha Oliy kengashda ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan. 2022-yil sentyabrda hijobni noto‘g‘ri o‘raganlikda ayblanib, axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan Mahsa Aminiyning o‘limi ortidan mamlakatda norozilik namoyishlari boshlangach, Eronda ikkala xizmat ham bloklangandi. O‘shanda Instagram faoliyati ham to‘xtatilgandi.
Eronda Instagram, Facebook, X (avvalgi Twitter) va YouTube blokdaligicha qolmoqda. Mazkur platformalar 2009-yilda taqiqlangandi. Telegram bilan TikTok ham Eronda ishlamaydi. Mamlakatning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon internetdagi taqiqlarni yumshatishga va’da bergandi.
Rossiyada ham Facebook va Instagram (2022-yildan) bloklangan, ammo WhatsApp ishlashda davom etmoqda.
Comments
0 comment