menu
Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegarada eronlik askar halok bo‘ldi
Chegarachi askar 17-mart, yakshanba kuni kechqurun Hirmand hududida noma’lum shaxslar tomonidan otib tashlangan

Eron OAVlari Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegaradagi Sistan va Balujiston viloyatidagi Hirmand hududida bir eronlik chegarachi halok bo‘lganini xabar qildi.

IRNA axborot agentligining Eronning Siston va Balujiston chegara qo‘riqlash boshqarmasi axborot markaziga tayanib xabar berishicha, bu chegarachi kecha, 17-mart, yakshanba kuni kechqurun Hirmand hududida noma’lum shaxslar tomonidan otib tashlangan.

Hirmand Afg‘oniston chegarasida joylashgan hudud bo‘lib, 11-mart kuni bu hududda tarkibida giyohvand modda bor o‘simliklar ekiladigan 587 gektar yer yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, “Tolibon”ning narkotiklarga qarshi kurash politsiyasi Qandahor va Uruzgon viloyatlaridagi 58 gektar yer ham giyohvand moddalardan tozalangani haqida xabar bergan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!