11
qarashlar
qarashlar
Turkiya prezidenti 31-mart kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar u ishtirok etadigan oxirgi saylov bo‘lishini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2028-yildagi prezidentlik muddatiga boshqa da’vogarlik qilmasligiga ishora qildi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 31-mart kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar u ishtirok etadigan oxirgi saylov bo‘ladi.
Erdo‘g‘onning bayonoti mahalliy telekanallar orqali efirga uzatilgan. Turkiya prezidenti o‘tgan may oyida navbatdagi prezidentlik muddatiga saylangan edi.
2023-yilgi prezidentlik saylovlarida ikkinchi turda 52,18 foiz ovoz bilan Erdo‘g‘on g‘alaba qozongan. Raqibi Kamol Qilichdarog‘lu esa 47,82 foiz ovoz olgan. Saylovchilarning 85,71 foizi ishtirok etgan. Erdo‘g‘on mamlakatni besh yil boshqarish huquqini olgan. U Turkiyani 2014-yildan beri boshqarib keladi.
Comments
0 comment