menu
Erdo‘g‘on 20 yil ichida birinchi marta partiyasi mag‘lub bo‘lgan saylovlar haqida fikr bildirdi
Turkiyadagi mahalliy saylovlarda Respublika Xalq partiyasi 37 foizdan ziyod ovoz bilan g‘alaba qozondi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi g‘alaba qozongan mahalliy saylovlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, munitsipal saylovlar turk demokratiyasining ko‘rinishiga aylandi. U “xalq irodasidan yuqori narsa yo‘q” ekanini ta’kidladi.

U saylovda ishtirok etganlarga, saylov komissiyalarining fidokorona mehnatiga va xavfsizlik kuchlariga minnatdorlik bildirdi. Turkiya prezidenti turk demokratiyasi o‘zining yetukligini yana bir bor isbotlaganini ta’kidladi.

Erdo‘g‘on so‘zining so‘nggida kelgusi to‘rt yil mamlakat uchun muhimligini aytib, samarasiz muhokamalarga vaqtni behuda sarflamaslikka chaqirdi. U demokratiyani yanada mustahkamlash,  “muvaffaqiyatlarga erishish va xalqqa xizmat qilish siyosati orqali mukammallikni davom ettirish”ga chaqirdi.

Prezident Turkiyada istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning farovonligi, xavfsizligi va kelajagiga bo‘lgan umidlarini ro‘yobga chiqarish, mamlakatning xalqaro rolini mustahkamlashdagi ishlarni davom ettirishga va’da berdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!