menu
Entoni Blinken G‘azodagi sulh bitimi masalasida muzokara olib borish uchun Saudiya Arabistoni va Misrga boradi — CNN
Arab nashrlari AQSH rasmiysi Qizil dengiz inqiroziga yechim topish borasida yordam so‘rashi mumkinligi haqida yozgan

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh bitimi masalasini hal qilish uchun shu haftada Saudiya Arabistoni va Misrga tashrif buyuradi. CNN bu haqda xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, AQSH oliy vakili muzokaralar orqali zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga erishmoqchi. Muzokaralar samarali bo‘lishi uchun esa Vashington arab liderlari yordamidan foydalanadi.

Blinkenga ko‘ra, muzokaralarning ilk mavzusi 7-oktyabrdagi hujum chog‘ida HAMAS tomonidan asirga olingan isroilliklarni ozod etish va ularning xavfsizligini kafolatlash borasida bo‘ladi. Shuningdek, G‘azoga insonparvarlik yordamini ko‘paytirish bo‘yicha xalqaro saʼy-harakatlarni faollashtirish, mojarodan keyin jamoat tartibini tiklash va kelgusida tajovuzkor hujumlar sodir etilmasligini taʼminlash masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.

Arab nashrlari bo‘lg‘usi muzokaralarning “nozik tomoni” sifatida AQSH rasmiysi arab davlatlari yetakchilaridan Qizil dengiz inqiroziga yechim topish borasida yordam so‘rashi mumkinligi haqida xabar bergan. Qizil dengiz va Adan ko‘rfazidagi savdo kemalariga Yaman husiylari hujumlarini to‘xtatish masalasi muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!