menu
“Daryo” dayjesti: 6-martning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

Faoliyatini to‘xtatgan “Mushtum” jurnali, Surxondaryoda ekologik talablarga javob bermaydigan 2 ta korxona faoliyati to‘xtatilishi, Farg‘onada o‘qituvchi 5-sinf o‘quvchisiga telefonini otib, uning boshini yorishi – “Daryo” nashri bugun, 6-martda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

O‘zbekistonda internet orqali giyohvand moddalar sotganlik uchun jazo kuchaytiriladi

Mamlakatda bunday vositalarni tarqatish va reklama qilishning yangi usullaridan foydalanish keskin ortmoqda.

Samarqandda 10 kunda to‘rt nafar go‘dak vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Prokuratura organlari tomonidan ularning o‘lim sabablari o‘rganilmoqda.

O‘zbekistonda BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi

Xususan, BMT tomonidan maʼqullangan dastur asosida Milliy sifatni boshqarish qo‘llanmasi ishlab chiqiladi.

Farg‘onada o‘qituvchi 5-sinf o‘quvchisiga telefonini otib, uning boshini yordi (video)

Hozirda IIB o‘qituvchining harakati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

O‘zbekistonda 2019-yildan beri 1000 dan ortiq manba taqiqlangan — Oliy sud

Ushbu manbalardagi materiallar diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik g‘oyalarni targ‘ib etishga yo‘naltirilgan deb topilgan.

“Madaniyat markaziga hech kim kirmaydi, qarovsiz, lekin shtat bor, oylik olishyapti”. Zoir Mirzayev viloyatdagi istirohat bog‘lari va madaniyat uylari xarobligi haqida

Bu haqda viloyat rahbari madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida gapirgan.

Buxoroda o‘rindiqlari teshik attraksion borligi haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda nosoz holdagi attraksion tasviri aks etgan video tarqatilgandi.

Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi O‘zbekistonga 100 mln dollar ajratadi

Ushbu mablag‘lar mamlakat agrar sektorining barqarorligi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.

O‘zbekistondagi maktablarda taʼlim sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan omillar aniqlandi

Umumta’lim tizimiga davlat xarajatlari yuqori bo‘lishiga qaramay, tizimdagi sifat pastligicha qolayotgani sabab Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tahlil o‘tkazdi.

O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga qancha avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

Shuningdek, Statistika agentligi har 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soniga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

O‘zbekiston Lixtenshteyn bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Bu O‘zbekiston bilan Yevropa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

“Qodiriy otilgandayam yopilmagandi”. “Mushtum” jurnali faoliyatini to‘xtatgani maʼlum qilindi 

Jurnal yopilishiga moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekistonda o‘tgan qish fasli qanday bo‘ldi? Mavsumdagi maksimal va minimal harorat maʼlum qilindi 

Qor qoplamli kunlar soniga ko‘ra, fevral eng qorli oy bo‘ldi.

“Men jamiyatimizda amalda ayollarga mutlaqo teng imkoniyatlar beradigan tizimli o‘zgarishlar bo‘lishini istardim” — Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi O‘zbekiston dunyo bo‘yicha gender tengligi sohasida eng samarali rivojlanayotgan davlatlar beshligiga kirgani yuzasidan fikr bildirdi.

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket uchinchi kun rekord darajada oshdi

Besh grammli oltin quymalari narxi 4,4 million so‘mdan oshdi.

Toshkentdan qatnovchi shaharlararo elektropoyezdlar uchun yagona tarif belgilandi

Ushbu tarif 2024-yilning 20-mart sanasidan joriy qilinadi.

Samarqandda korxona rahbari yarim mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi 

Holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonning 2016–2023-yillarda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsuloti qanday o‘zgardi?

Statistika agentligi 8 yillik ko‘rsatkichlarni taqdim etdi.

Surxondaryoda ekologik talablarga javob bermaydigan 2 ta korxona faoliyati to‘xtatildi 

Viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan ekologik tekshiruvlar o‘tkazildi.

Mutasaddilar ogohlantirildi: Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining imkoniyatlarini to‘liq ishga solish yuzasidan tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazdi

Unda ayrim hokimlar hatto o‘z hududida “pastga tushmagan”, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirishga harakat qilmagani qayd etildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!