menu
“Daryo” dayjesti: 23-fevralning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

Navoiyda sochi olingan maktab o‘quvchilari, tabiiy gaz hajmining meʼyoriy sxemaga yaqinlashayotgani, tungi klublarning biri oldida yuz bergan janjalda jarohat olgan PPX xodimi – “Daryo” nashri bugun, 23-fevralda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

O‘zbekistonda birja orqali xarid qilingan mis xomashyosi to‘lovlarini bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi

Bunda 30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga foiz hisoblanmaydi.

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 24-fevral kuni qor yog‘ishi mumkin

Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi bor.

O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun Qizlar akademiyasi platformasi ishga tushiriladi

Bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o‘quv oromgohlari va stajirovkalar tashkil etiladi.

USAID O‘zbekistonda 25 mln dollarlik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirdi

Loyiha dastlab Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi.

“Tabiiy gaz hajmi meʼyoriy sxemaga yaqinlashyapti” — Energetika vazirligi

Vazirlikka ko‘ra, gaz bosimining pastligi meʼyoriy sxemaning to‘liq tiklanishini kechiktiryapti.

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi 

Prognozlarga ko‘ra, sovuq ob-havo shanba, yakshanba kunlari ham saqlanib turadi.

Navoiyda dars payti maktab o‘quvchilari sochi olindi. Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi

“Mazkur harakatga yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi zarur”, — deyiladi unda.

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik maktubini yo‘lladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekistonda Maxtumqulining 300 yilligi nishonlanishi olqishladi.

Toshkentda tungi klublarning biri oldida yuz bergan janjalda PPX xodimi jarohat oldi

Besh nafar fuqaro ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Ekopartiya Energetika vazirligini Toshkent IES bo‘yicha aniq choralar ko‘rishga chaqirdi

Asoslantirilgan tushuntirish berish, o‘z nuqtayi nazarini bayon etish yuzasidan hukumat, bosh prokuror va ikki vazirga deputatlik so‘rovi ham yubordi.

Kambag‘allik darajasining pasayishi qaysi omillarga bog‘liq?

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekistonda maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi 

Qishloq joylardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan 100 ta xususiy o‘quv markazining ijara xarajatlari 6 oygacha kompensatsiya qilinadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!