menu
“Daryo” dayjesti: 20-martning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

O‘qishga kirolmagan barcha o‘g‘il bolalarni majburiy harbiy xizmatga jo‘natishni taklif qilgan Alisher Qodirov, Qo‘qon aeroportiga amalga oshirilgan ilk texnik parvoz, O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida telefon va zargarlik buyumlari olib o‘tilgani aniqlangan ikkita yashirin yerosti yo‘li – “Daryo” nashri bugun, 20-martda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Toshkentda BMW beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi 

Mashina haydovchisi va yo‘lovchi tan jarohati olgani sabab shifoxonaga yotqizilgan.

Buxoroda qalbaki kupyuralar ishlab chiqargan yigitlarga sud hukmi o‘qildi 

Ular printer yordamida 100 va 200 ming so‘mlik kupyuralar ishlab chiqargan.

Toshkent viloyatida ammasining kaltagidan o‘lgan 7 yoshli qizcha bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Qizchaning Rossiyaga ketgan ota-onasi yana bir farzandini shu ayolga topshirib ketgan.

Jizzaxda duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekspertlar u qo‘llayotgan usullar bolalar sog‘lig‘iga jiddiy zarar keltirishi haqida xulosa bergan.

Buxorodagi YTH qurbonlari soni yana bir kishiga ortdi

Shu bilan birga, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati avtobus haydovchisi ham vafot etgani aytilgan xabarlarni rad etdi.

Alisher Qodirov o‘qishga kirolmagan barcha o‘g‘il bolalarni majburiy harbiy xizmatga jo‘natishni taklif qildi

 “Tartib va mas’uliyatni maktab va harbiy xizmatda o‘rgatmasak, qamoqxonada hech qachon o‘rgatib bo‘lmaydi”, — deydi u.

Qo‘qon aeroportiga ilk texnik parvoz amalga oshirildi

Muntazam parvozlarni 2024-yil 1-apreldan boshlash rejalashtirilgan.

O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida ikkita yashirin yerosti yo‘lidan telefon va zargarlik buyumlari olib o‘tilgani aniqlandi (video)

Har ikki yerosti yo‘li 20 metr chuqurlikda joylashgan, kengligi 70-80 santimetrni tashkil qiladi.

O‘zbekiston MDHda eng baxtli mamlakat deb topildi

World Happiness Report 2024 reytingi e’lon qilindi.

Bayramni ko‘ngildagidek o‘tkazing: poytaxt aholisi va mehmonlari dam olish kunlari qayerlarda hordiq chiqarishi mumkin? (foto)

Bayram kuni har bir inson oila aʼzolari bilan vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ko‘ngilochar joylarga borishga harakat qiladi. Xo‘sh, bu yil bayramni qanday o‘tkazishni reja qildingiz?

O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan erkaklar ulushi ortgani maʼlum qilindi

Statistika agentligi uch yillik kuzatuvlar natijasini ochiqladi.

Surxondaryoda fuqaro tergovchilar uni elektr toki bilan qiynaganini aytdi, prokuratura esa buni rad etdi

Kuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilganda, fuqaro sog‘lom holatda kelib, sog‘lom holatda IIB binosini tark etgani aniqlangan.

O‘zbekiston va Ozarbayjonning energetika sohasidagi hamkorligi yanada chuqurlashtiriladi 

Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Navro‘z bayrami kunlari 40 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi aholiga xizmat ko‘rsatadi 

SSV bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

“Holat o‘rganilmoqda” — Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” zapravkalari xususiylashtirilishi haqida

Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li “O‘zbekneftgaz” zapravkalari egasiga aylangandi.

Saida Mirziyoyeva Qatarning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda kun tartibidagi keng qamrovli masalalar muhokama qilingan.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 3 mln dollarlik loyihani amalga oshirishga kelishib oldi 

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari podshoh Salmon insonparvarlik va gumanitar yordam markazi rahbari bilan uchrashdi.

Mahallalarda futbol bo‘yicha erkaklar va ayollarning mahalla terma jamoalari shakllantiriladi

Prezidentning “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O'zbekistondagi investitsiyalar: pul ishlashni qanday boshlash kerak?

“Darhol natijalarni kutmang. O‘z bilim va ko‘nikmalaringizni doimiy ravishda oshirib borish muhim”, — deydi mutaxassis Andrey Sadikov.

O‘zbekistonda 2024-yilning ikki oyida 2,3 mlrd dollar eksport amalga oshirildi

Eksport hajmlari o‘sishi to‘qimachilik, meva-sabzavot, mineral o‘g‘itlar, turizm, transport va axborot xizmatlariga to‘g‘ri kelgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida xizmat ko‘rsatish 21–23-mart kunlari vaqtinchalik cheklanadi

Qo‘shimcha maʼlumotlar va savollar bo‘yicha 1008 va 1148 raqamiga murojaat qilish mumkin.

“Birorta daraxt kesmaslik sharti bilan savdo markazi quriladi”. Paxtakor va Alisher Navoiy kinoteatri o‘rtasidagi qurilishga izoh berildi

Avvalroq Paxtakor stadioni va Alisher Navoiy kinoteatri o‘rtasida savdo markazi qurilayotgani sabab mavjud “stoyanka” buzilib, hududdagi daraxtlar kesilishi taxmin qilingani aytilgan videolar tarqalgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!