menu
“Daryo” dayjesti: 15-martning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

To‘liq xususiylashtirilgan Perfectum, yangi tashkil etilgan Savdoni rivojlantirish kompaniyasi, o‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida necha kun dam olishi maʼlum qilindi – “Daryo” nashri bugun, 15-martda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Bekzot Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar u Prezident administratsiyasida departament rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Samarqandda 1 kilo opiyni 25,5 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda qum-shag‘al noqonuniy qazilishidan tabiatga 41 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Aybdorlardan biri avval ham shunday qilmishi uchun bir necha marta javobgarlikka tortilgan, ammo bundan xulosa chiqarmagan.

Navoiyda biznes ombudsman aralashuvi bilan autsorserga 886,5 mln so‘m undirib berildi

Qiziltepa tumanidagi maktabgacha taʼlim bo‘limi 4 oy davomida ko‘rsatilgan ovqatlanish xizmati pulini to‘lamay kelgan.

Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda yana 1-o‘ringa chiqdi

Havodagi PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi JSST tavsiyasidan 44,8 barobarga oshib ketgan.

“Chirchiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 5-o‘ringa tushib ketdi” — Zoir Mirzayev

Chirchiq shahrida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev raisligida sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi

22-mart — juma barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Surxondaryoda profilaktika inspektori hamkasbining Cobalt’ida 26 yoshli yigitni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Sud hukmi bilan ayblanuvchi 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘zbekistonda davlat uy-joy fondidan foydalanishning yangi tartibi belgilandi 

Davlat uy-joy fondidan foydalanishga arizalar faqatgina davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali qabul qilinadi.

O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi. Nimalar belgilandi?

Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni boshqarish Savdo-sanoat palatasiga o‘tkaziladi.

Toshkentda 3 marta avtomobil o‘g‘irlagan maktab o‘quvchisi 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

U jazoni tarbiya koloniyalarida o‘taydi.

Perfectum to‘liq xususiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi

Kompaniyani xususiylashtirish rejalari 2020-yilda ma’lum qilingandi.

Toshkent viloyatida ayrim yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarildi 

Mazkur yerdan samarali foydalanish choralari ko‘rilishi belgilandi.

Surxondaryoda qurilishi va qayta ta’mirlanishiga 16 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan ko‘prik yana xavfli holatga kelib qoldi (video)

2024-yilda ajratiladigan byudjet mablag‘lari hisobidan ushbu obyektdagi nuqsonlar bartaraf etilishi ma’lum qilingan.

Hashar munosabati bilan xodimning ish haqidan ushlab qolish mumkinmi? Huquqshunos tushuntirish berdi

O‘zbekistonda 16—18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Toshkentdagi 11 ta dehqon bozorida Navro‘z munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Dehqon bozorlari 21-mart kuni ham ishlaydi.

Samarqandda Milliy gvardiya xodimi maktab o‘quvchisining telefonini olib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston hukumat delegatsiyasini qabul qildi. Nimalar muhokama qilingani ochiqlandi

Davlat rahbari bosh vazir Oljas Bektanovni yaqinda ushbu lavozimga tayinlangani bilan qutladi.

 O‘zbekistonda o‘quvchilar orasidan maktab futbol yetakchisi tanlab olinadi

Bular mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash va qo‘llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sifatli zaxira shakllantirishga xizmat qiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!