menu
“Daryo” dayjesti: 12-martning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

UzAuto‘ning avtomashinalar narxlari hozircha oshirilmasligini maʼlum qilishi, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida qariyb 1 mlrd so‘m pul talon-toroj qilinishi, Toshkent viloyatida 31 yoshli erkak poyezd urib ketishidan halok bo‘lishi – “Daryo” nashri bugun, 12-martda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

O‘zbekistondagi har bir maktabda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi

Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

Noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

“Odamlar xafa bo‘lsa bo‘lsin, pulni bolangizga sarflang”.  Surxondaryo hokimi Rossiyada ishlab kelganlar dabdabali to‘y qilishini qoraladi

Ulug‘bek Qosimov bu haqda viloyatning Sariosiyo tumanidagi Tojikiston bilan chegarada joylashgan “Shoqishloq” mahallasi aholisi bilan muloqotda gapirgan.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida qariyb 1 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingani aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida 31 yoshli erkak poyezd urib ketishidan halok bo‘ldi

Mast holdagi erkak temiryo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Farg‘onada uch nafar hindistonlik talaba gaz portlashidan jarohatlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda rasmiy taksi haydovchilari o‘rtacha qancha pul topmoqda?

Soliq qo‘mitasi yo‘lovchi tashish xizmatlari sohasini legallashtirish ishlari haqida ma’lumot berdi.

Xorazmda sifatsiz dars o‘tgan o‘qituvchilarga hayfsan berildi

Maktab direktori ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar faoliyatini doimiy nazoratga olishi bo‘yicha ogohlantirilgan.

Farg‘onada Damas haydovchisi YPX xodimining ratsiyasini olib, qochib ketdi (video) 

“Jarima qimmatligidan jahlim chiqib so‘kindim va ratsiyasini olib ketdim”, — deydi haydovchi.

Aholining valyuta kursi o‘zgarishi va yoqilg‘i-energetika narxlari oshishidan xavotiri yuqori — Markaziy bank

Aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari o‘rganildi.

O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi 

Barcha tumanlarda Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari ish boshlaydi.

O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar bir yilda qancha soliq to‘lagani maʼlum bo‘ldi 

Qo‘llangan soliq imtiyozlari miqdori 2,5 trillion so‘mdan oshgan.

O‘zbekistondagi metan zapravkalarda bir kunda qancha gaz sotilgani aytildi 

Shu kuni barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 4 ming 50 tonna avtobenzin yetkazib berilgan.

 UzAutoMotors avtomobillar narxi oshirilmasligini maʼlum qildi

Hozirda kontraktatsiya jarayonlari olib borilmayotgani aytildi.

Toshkentdagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, vazirlik quruvchilarni takroran ogohlantirdi

Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy qurilishida 23 yoshli yigitning boshiga qolip tushib ketishi oqibatida vafot etgandi.

Toshkent viloyatida 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalangan noqonuniy maynerlar aniqlandi

Holatlar jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turar joyi nochor ahvoldagi oilalarga o‘z hovlisida uy qurish va taʼmirlashga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti ajratiladi 

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!