menu
Daniya ayollarni majburiy harbiy xizmatga jalb qilishni rejalashtirmoqda
Shuningdek, hukumat qisqa muddatli harbiy xizmatni to‘rt oydan o‘n bir oygacha oshirmoqchi

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen hukumatning armiyadagi yoshlar sonini ko‘paytirish hamda ayollar uchun harbiy xizmatni majburiy qilish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Hozirda mamlakatda ayollar uchun harbiy xizmat ixtiyoriy.

Frederiksen kelgusi besh yil ichida mudofaa xarajatlarini qirq milliard Daniya kroniga (taxminan 6 milliard dollar) oshirishni nazarda tutuvchi reja taqdimoti doirasida tegishli bayonot bilan chiqqan.

Shuningdek, rasmiylar erkaklar va ayollar uchun qisqa muddatli harbiy xizmatni to‘rt oydan o‘n bir oygacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Daniya NATO a’zosi, u Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatuvchi ittifoqchi hisoblanadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!