menu
Chirchiq shahriga yangi hokim tayinlandi
Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi

Murodjon Abdurahimov Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashining qarori bilan Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Murodjon Abdurahimov 1986-yilda Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

U Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot” kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri singari vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!