menu
Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ketdi
“Daryo” manbasining bildirishicha, shaharning sobiq hokimi ayni kunda boshqa lavozimda ish boshlagan

Toshkent viloyatining Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ketdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi. 

“Daryo” manbasining bildirishicha, shaharning sobiq hokimi ayni kunda boshqa lavozimda ish boshlagan. 

Hokimlik axborot xizmati Davron Hidoyatov kecha, 12-mart kuni shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazganini bildirgan. Katta ehtimol bilan ushbu qabul Hidoyatovning hokim sifatidagi so‘nggi qabuli hisoblanadi. 

Viloyat hokimligi axborot xizmati mas’uli Hidoyatovning boshqa ishga o‘tayotganini inkor etmadi. Ammo hozircha hokimning ishdan ketgani rasmiy e’lon qilinmaganini qo‘shimcha qildi.

Davron Hidoyatov Prezidentning 2021-yil 30-yanvardagi farmoni bilan lavozimidan ozod etilgan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovning o‘rniga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. O‘sha yili noyabr oyida esa viloyat hokimligidan olinib, Chirchiq shahri hokimi sifatida ish boshlagandi. Davron Hidoyatov o‘rniga Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Qashqadaryoning sobiq hokimi Zoir Mirzayev tayinlangandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!