qarashlar
Chirchiq shahrida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev raisligida sessiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘z olgan viloyat rahbari shahar imkoniyatlari va bu imkoniyatlardan qay darajada foydalanilayotgani haqida gapirdi.
Zoir Mirzayev sessiyada shaharning eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlariga to‘xtalgan.
Bundan tashqari, hududda hokim yordamchilarining tavsiyasi bilan berilgan 6 milliarddan ziyod kredit muammoli kreditga aylangan. Umuman, Chirchiqda bugungi kunda 60 milliard so‘mlik muammoli kredit yig‘ilib qolgan. Shaharda yangi ish boshlagan kichik biznes subyektlarining 25 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Bu holat shaharda biznes muhiti ko‘ngildagidek emasligini ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, sessiyada tashkiliy masala ham ko‘rilib, sobiq hokim Davron Hidoyatovning o‘rniga yangi rahbar tayinlanadi. Davron Hidoyatov prezidentning 2021-yil 30-yanvardagi farmoni bilan lavozimidan ozod etilgan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovning o‘rniga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. O‘sha yili noyabr oyida esa viloyat hokimligidan olinib, Chirchiq shahri hokimi sifatida ish boshlagandi. Davron Hidoyatov o‘rniga Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Qashqadaryoning sobiq hokimi Zoir Mirzayev tayinlangandi.
Comments
0 comment