menu
Buxoroda 500 dollar evaziga “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro o‘quv sport texnika klubi ustasi S.N. fuqaro K.G‘.dan haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yishi evaziga 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!