menu
Buxoroda 15,5 mlrd so‘mlik pestitsidlarning mamlakatga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Buxorolik bojxonachilar yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti orqali respublikaga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 15 milliard 547 million so‘mni tashkil etuvchi o‘simliklarni hasharotlardan zararsizlantirish maqsadida qo‘llaniladigan preparatlar borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Yallama” postida 830 mln so‘mlik LED chiroqlarning mamlakatga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!